Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

Ilm-fan qahramonlari - yosh avlodga namuna

16 Noy 2026

16 Noy 2026
Samarqand davlat pedagogika institutida “Ilm-fan qahramonlari - yosh avlodga namuna” loyihasi doirasida taniqli olimlar ishtirokida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti professorlari Ahmadjon Abdujabbarov va Sanjar Shaymatov hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Farruh Atamurotov ishtirok etdilar.

Dunyoning eng nufuzli olimlari TOP 2 foizlik ro‘yxatidan joy olgan ushbu olimlar fizika, astronomiya va zamonaviy astrofizika sohalaridagi ilmiy izlanishlari hamda xalqaro ilmiy faoliyatdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Muloqot davomida zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, nufuzli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, dunyo miqyosida ilmiy e’tirofga erishish hamda yosh tadqiqotchilarning ilm-fandagi muvaffaqiyatlari uchun zarur omillar haqida fikr almashildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga olimlardan batafsil javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni zamonaviy tadqiqotlarga jalb etish va xalqaro ilmiy yutuqlar sari ruhlantirishga xizmat qildi.
Barcha yangiliklarga qaytish