Institutimizda samarali uchrashuv
Institutimizga Kurbonov Azizbek tashrif buyurdi. Azizbek — startap loyihalari bo'yicha tajribali mutaxassis bo'lib, venchur fondlari va banklarda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.
Suhbatimiz qariyb uch soat davom etdi. Uchrashuv davomida biz institutimizda ishlab chiqilayotgan tadqiqotlar va innovatsiyalarni taqdim etdik, ayniqsa kommertsializatsiya salohiyati yuqori bo'lgan loyihalarga alohida e'tibor qaratdik. Xususan, quyidagilarni muhokama qildik:
- plazma texnologiyalarining turli sohalardagi qo'llanilishi,
- bioo'g'itlar va shu vaqtga qadar erishilgan ilmiy natijalar.
Ekspert sifatida Azizbek ishlanmalarimiz uzoq muddatli istiqbolga ega ekanini va sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ta'kidladi. Bu esa ishimizning amaliy ahamiyatiga bo'lgan ishonchimizni yanada oshiradi.
Ishonchim komilki, Azizbek bilan hamkorligimiz samarali va o'zaro manfaatli bo'ladi.