Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi

31 Iyl 2026

Dissertatsiyalar 31 Iyl 2026
PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi
2026-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda Xolmurodova Madinabonu Dilmurod qizining 11.00.05 – "Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish" ixtisosligi bo‘yicha "GAT asosidagi yondashuv yordamida tuproq eroziyasiga moyillikni xaritalash (Namangan viloyati, Chortoq tumani misolida)" mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Dissertatsiya ishida geografik axborot tizimlari (GAT), masofadan zondlash ma'lumotlari hamda SI (Statistical Index), FR (Frequency Ratio) va CF (Certainty Factor) statistik modellaridan foydalangan holda Namangan viloyati Chortoq tumanida tuproq eroziyasiga moyil hududlar aniqlanib, ularning xaritalari yaratildi va yer resurslarini barqaror boshqarishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Barcha yangiliklarga qaytish