FATI laboratoriyasining xalqaro ilmiy aloqalari kengaymoqda
Konferensiya va seminarlar 08 Iyn 2026
Institumizni Iqlim o'zgarishining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ta'sirini baholash laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Dr. Mahmud Muminov 2026‑yil 4‑iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Alumni Reception tadbirida ishtirok etdi.
Mazkur tadbirni Amerika Qo'shma Shtatlari Elchisi Jonatan Henik va Dominique Freire xonim tashkillashtirdi. Uchrashuv AQSh kotibi muovini Sara B. Rojers sharafiga bag‘ishlandi.

Dr. Muminovning qatnashuvi FATI laboratoriyasi uchun xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.