Global iqlim o'zgarishiga moslashish uchun tayyorgarlik
Global iqlim o'zgarishiga moslashish uchun tayyorgarlik

YUNESKO va bir qator tashkilotlar hamkorligida GLOFCA loyihasi doirasida joriy yilning 28–29-oktabr kunlari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Pskom va Tepar qishloqlarida joylashgan 45 va 50-maktablarda o'quv seminarlari tashkil etildi. Ushbu seminarda H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi xodimlari hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti "Iqlim o'zgarishlarining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ta'sirini baholash" laboratoriyasi mudiri Juliyev Muxiddin Komilovich ham ishtirok etishdi.


Seminarning asosiy mavzusi global iqlim o'zgarishiga moslashish bo'lib, o'quvchilar meteorologik ko'rsatkichlar bilan yaqindan tanishishdi. Har ikkala maktab hududiga ham avtomatik meteorologiya stansiyalari o'rnatib berildi. Bundan tashqari maktab o'quvchilariga geografiya fanidan o'quv qo'llanmalar ham topshirildi.